Xizmatlar

Avtoklav va sterilizatorlarni ta'mirlash

Avtoklav ishlamasa, asboblarni sterilizatsiya qilib bo'lmaydi va qabul to'xtaydi. Klinika, stomatologiya va laboratoriyalardagi avtoklav, quruq issiqlik sterilizatorlari va distillyatorlarni ta'mirlaymiz, sterilizatsiya siklini tiklaymiz va sozlaymiz.

Ko'p uchraydigan nosozliklar

Quyidagi muammolarni joyida yoki ustaxonada bartaraf etamiz. Ro'yxatda yo'q bo'lsa ham yozing.

  • Qizimaydi yoki kerakli haroratga yetmaydi
  • Bosim ko'tarilmaydi, xato kodi chiqadi
  • Eshik zichlagichidan bug' yoki suv oqadi
  • Sikl oxirigacha bormay to'xtab qoladi
  • Isitish elementi, klapan va datchiklar nosozligi
  • Vakuum nasosi va suv tizimi muammolari

Bajarilgan ishdan namuna

Sterilizator

Avtoklavni ta'mirlash va sozlash

Isitish elementi va bosim datchigi almashtirildi, sterilizatsiya sikli tiklandi.

Kafolat bilanMuddat: 2 kun
Jarayon

Qanday ishlaymiz

Murojaatdan topshirishgacha 4 ta aniq bosqich. Har bir bosqichda siz xabardor bo'lasiz.

  1. 01

    Murojaat

    Telegram yoki telefon orqali yozing. Uskuna turi va muammoni qisqacha aytasiz, kerak bo'lsa foto yoki video yuborasiz.

  2. 02

    Diagnostika

    Joyingizga chiqib yoki ustaxonada uskunani tekshiramiz. Nosozlik sababi, narx va muddatni aniq aytamiz.

  3. 03

    Ta'mirlash

    Siz tasdiqlagandan so'ng ishni boshlaymiz. Jarayon haqida xabardor qilib boramiz.

  4. 04

    Topshirish va kafolat

    Uskunani sinovdan o'tkazib, bajarilgan ishlar akti va kafolat bilan topshiramiz.

Savol-javob

Savol-javob

Javob topolmadingizmi? Telegramga yozing, tez orada javob beramiz.

Qaysi sterilizatorlarni ta'mirlaysiz?

Bug'li avtoklavlar, quruq issiqlik shkaflari (suxojarlar) va distillyatorlar bilan ishlaymiz.

Avtoklav ta'miri qancha vaqt oladi?

Ko'pincha 1–2 kunda. Ehtiyot qism kerak bo'lsa muddat uzayishi mumkin, buni oldindan aytamiz.

Ta'mirdan keyin sinov o'tkazasizmi?

Ha, to'liq sterilizatsiya siklini sinab ko'rib, ishlayotganiga ishonch hosil qilgandan keyin topshiramiz.

Aloqa

Uskunangiz ishdan chiqdimi? Hoziroq yozing.

Uskuna turi va muammoni qisqacha yozing, foto yoki video yuboring. Diagnostika va narx bo'yicha tez javob beramiz.

Telegram
@Qudrat_CH
Ish vaqti
Har kuni 08:00 – 22:00
Xizmat hududi
Toshkent shahri, barcha tumanlar