Xizmatlar

Stomatologik ustanovkalarni ta'mirlash va o'rnatish

Stomatologik ustanovka ishlamasa, kabinet qabulni to'xtatadi. Toshkentdagi stomatologiya klinikalari va kabinetlarida ustanovkalarni ta'mirlaymiz, yangi ustanovkalarni montaj qilamiz, suv va havo tizimlarini ulaymiz hamda xodimlarga ishlatishni ko'rsatamiz.

Ko'p uchraydigan nosozliklar

Quyidagi muammolarni joyida yoki ustaxonada bartaraf etamiz. Ro'yxatda yo'q bo'lsa ham yozing.

  • Kreslo ko'tarilmaydi yoki tushmaydi
  • Suv yoki havo bermaydi, oqish bor
  • Turbinali va mikromotor uchliklar ishlamaydi
  • Pedal, boshqaruv paneli yoki chiroq nosozligi
  • Tupuk so'rgich va kompressor muammolari
  • Yangi ustanovkani o'rnatish va ishga tushirish

Bajarilgan ishdan namuna

Stomatologik ustanovka

Stomatologik ustanovkani o'rnatish

Yangi ustanovka montaj qilindi, suv va havo tizimlari ulandi, xodimlar o'qitildi.

Kafolat bilanMuddat: 1 kun
Jarayon

Qanday ishlaymiz

Murojaatdan topshirishgacha 4 ta aniq bosqich. Har bir bosqichda siz xabardor bo'lasiz.

  1. 01

    Murojaat

    Telegram yoki telefon orqali yozing. Uskuna turi va muammoni qisqacha aytasiz, kerak bo'lsa foto yoki video yuborasiz.

  2. 02

    Diagnostika

    Joyingizga chiqib yoki ustaxonada uskunani tekshiramiz. Nosozlik sababi, narx va muddatni aniq aytamiz.

  3. 03

    Ta'mirlash

    Siz tasdiqlagandan so'ng ishni boshlaymiz. Jarayon haqida xabardor qilib boramiz.

  4. 04

    Topshirish va kafolat

    Uskunani sinovdan o'tkazib, bajarilgan ishlar akti va kafolat bilan topshiramiz.

Savol-javob

Savol-javob

Javob topolmadingizmi? Telegramga yozing, tez orada javob beramiz.

Yangi ustanovkani o'rnatib berasizmi?

Ha. Montaj qilamiz, suv, havo va elektr tizimlariga ulaymiz, sinovdan o'tkazamiz va xodimlarga ko'rsatib beramiz.

Kompressorni ham tekshirasizmi?

Ha, ustanovka bilan birga kompressor va havo tizimini ham tekshirib, sozlab beramiz.

Qabul vaqtida chiqa olasizmi?

Chaqiruv vaqtini oldindan kelishamiz, iloji bo'lsa qabulga xalaqit bermaydigan vaqtda ishlaymiz.

Aloqa

Uskunangiz ishdan chiqdimi? Hoziroq yozing.

Uskuna turi va muammoni qisqacha yozing, foto yoki video yuboring. Diagnostika va narx bo'yicha tez javob beramiz.

Telegram
@Qudrat_CH
Ish vaqti
Har kuni 08:00 – 22:00
Xizmat hududi
Toshkent shahri, barcha tumanlar